Toshkentda boshqaruv paytida sigaret chekkan 87-sonli avtobus haydovchisi ishdan olindi. “Toshshahartransxizmat”ning qayd etishicha, u korxonaning ichki mehnat tartibiga amal qilmagan.
Yangi qonun bilan chekish taqiqlangan jamoat joylari ro‘yxati aniqlashtirildi. Jumladan, ko‘p qavatli uylar kirish yo‘laklari va liftlari, yer osti o‘tish joylari, o‘yin maydonchalari va boshqalar. Bolalar va homilador ayollar bo‘lgan avtomobillarda chekishni taqiqlovchi band qonunning oxirgi tahriridan olib tashlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda begonalarga sigaret chekmaslik haqida tushuncha bermoqchi bo‘lgan shaxs bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgani ma’lum qilindi. Shuningdek, ushbu shaxs sud tomonidan BHMning 20 baravari miqdorida jarimaga tortildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting